Ilya Strebulaev haqida
Venchur sarmoya olamining yetakchi akademik mutaxassisi — Ilya Strebulaev Professor Ilya Strebulaev — "Venture Capital Initiative" kompaniyasi asoschisi. Stenford Universiteti Biznes Maktabida xususiy kapital va moliya fanlaridan dars beradi. Ayniqsa, uning venchur sarmoya xususidagi darslari butun dunyoga mashxur. Tadqiqotlari yetakchi ilmiy jurnallarda chop etilgan bo‘lib, "Wall Street Journal", "The New York Times", "Bloomberg" va "Harvard Business Review" nashrlarida alohida e’tirof etilgan.
Ilya dunyoning turli burchaklarida yirik biznes egalari va davlat rahbarlari uchun seminarlar hamda maxsus kurslar olib boradi. Shuningdek, kompaniyalar va investorlar uchun venchur sohasi tendensiyalari va korporativ innovatsiyalar bo‘yicha maslahatlar beradi. 2023-yilda u "LinkedIn Top Voice" unvoni bilan taqdirlangan.