Gutenberg Nashriyot Uyi

GUTENBERG
NASHRIYOT UYI

Per aspera Ad astra - Zulmatdan ziyoga

Nashriyot haqida

Bizning vazifamiz — murakkab g‘oyalarni sodda, aniq va amaliy shaklda taqdim etish orqali ilm-fan, biznes, innovatsiya va startap tafakkuriga oid sifatli kitoblar nashr etishdan iborat. Biz bilimlar tushunarli bo'lishi kerak va bu bilimlar hayotda qo‘llanilgandagina haqiqiy qiymat kasb etadi, deb hisoblaymiz. Kitob — bu shunchaki axborot manbai emas, balki fikrlash, qaror qabul qilish va uzoq muddatli taraqqiyot vositasidir.

Gutenberg nashriyot uyi "jamiyatlar chuqur bilim, aniq mantiq va yangi qarashlar orqali rivojlanadi", degan tamoyil asosida faoliyat yuritadi. Biz nazariyani amaliyotga, g‘oyani tizimga aylantira oladigan mualliflar, tadqiqotchilar va amaliyotchilar bilan ishlaymiz. Nashrlarimiz real dunyoni tushuntiradigan va tadbirkorlik, texnologiya hamda ongli yetakchilik orqali uni yaxshilash yo‘llarini ko‘rsatadigan ilmiy-ommabop adabiyotlarga ixtisoslashgan.

Biz global bilimlarni mahalliy kontekst bilan bog‘lab, mustaqil fikrlaydigan, tanqidiy qaror qabul qiladigan va iqtisodiy hamda intellektual taraqqiyotga real hissa qo‘sha oladigan yangi avlodni shakllantirishni maqsad qilganmiz.

Jamoa

Jamoamiz a'zolari bilan tanishing

Burxonov Ravshan Burxonovich

Burxonov Ravshan Burxonovich

Hammuassis

Qudratov Shoxrux Odil o‘g‘li

Qudratov Shoxrux Odil o‘g‘li

Hammuassis

Kitoblar

Nashriyotimiz tomonidan chop etilgan asarlar haqida ushbu boʻlimda toʻliq ma'lumot olishingiz mumkin.

Kitoblar roʻyxati

Phil Knight: Pyabzal sotuvchi (Shoe Dog)

HBR's 10 Must Reads: Kadrlarni boshqarish

HBR's 10 Must Reads: Yetakchilik

HBR's 10 Must Reads: Strategiya

Venchur zehniyati