HOKIMIYATNING 48 QOIDASI

HOKIMIYATNING 48 QOIDASI

Xohlaganingizga erishishning sirli usullari Muallif: Robert Grin Hokimiyat tarixi, sirlari va ichki jarayonlarini kashf eting

Tinglash30 daqiqa

Xohlaymizmi-yo‘qmi, biz, insonlar davomli o‘yin ishtirokchisi sifatida tug‘ilganmiz. Bu o’yin - hokimiyat o‘yini. Jarayon tarix yaralgandan beri davom etib keladi va bilib-bilmay har birimiz o‘yinchiga aylanamiz.

Ba'zida bu o‘yin ochiqchasiga va shafqatsiz bo‘ladi, lekin ko‘pincha u bilinar-bilinmas, nozik tarzda, soyada o‘ynaladi. Asosiy savol shunday: siz uning qoidalarini bilasizmi va yutish uchun harakat qilyapsizmi? Ba'zi odamlar o’yinni e'tiborsiz qoldirib, go‘yoki "hokimiyat o‘yini" degan narsa yo‘qdek o‘zlarini ovutishadi. Yoki buni yovuz, jamiyatga zid, axloqsiz zamonlardan qolgan deb qarshilik ko‘rsatadi. Bu o‘yinchilar o‘yinni qabul qilganlar tomonidan osongina boshqariladi. Ayrimlar esa, masalan, maktabdagi zo‘ravon bolalar yoki o‘ziga ishongan tadbirkorlar o‘yinning tug‘ma ustasidek ko‘rinadi. Go‘yo hech qanday kuch sarflamay boshqalardan ustunlik qilishadi. Ammo o‘yin ularning foydasiga qurilmagan.

Bu ko‘nikmalarni har kim o‘rganib, to’g’ri o’ynasa, o‘yin ustasiga aylanishi mumkin. “Hokimiyatning 48 qonuni” kitobida Robert Grin o‘yin qoidalarini 3 ming yillik tajribalardan foydalangan holda tarixiy misollar asosida tushuntiradi. U kuchli o‘yinchi bo‘lishni o‘rgatadi. Bu qisqacha audio-xulosada biz sizga hokimiyat haqida dastlabki tasavvurlarni beramiz. Kitobdagi 48 qonunning 12 tasini tanlab olamiz. Axir hamma sirni birdan aytib bo‘lmaydi-ku, to‘g‘rimi?