Professor Ilya Strebulaev shunday deydi: ko‘plab mahsulotlar bundan 10–15 yil oldin umuman mavjud emas edi: Zoom, Alexa, Instagram, Uber, Apple Watch. 1 million foydalanuvchiga erishish uchun ketgan vaqt esa:
Netflix — 3,5 yil Twitter — 2 yil Facebook — 10 oy Spotify — 5 oy Instagram — 2,5 oy iPhone — 74 kun ChatGPT — 5 kun.
Uning fikricha, bunday disruptsiyaning ortida asosiy 3 omillar bor va ular quyidagicha:
1.Mur qonuni (Moore’s Law)
Mur qonunini 1965-yilda Intel kompaniyasining asoschilaridan Gordon Moore ilgari surgan. Uning asosiy mazmuni shunday: har ikki yilda mikrosxemadagi tranzistorlar soni taxminan ikki baravar oshadi va shu bilan birga kompyuterlarning hisoblash quvvati ortadi, narxi esa pasayadi. Ya'ni, 1970-yillarda bir nechta tranzistor sig‘adigan chiplar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, hozir milliardlab tranzistorlar joylashadi. Shu sababli telefonlar, noutbuklar, superkompyuterlar har yili arzonlashib, yanada kuchliroq bo‘lib boryapti.
Misol uchun, 1980-yillarda faqat yirik kompyuterlarda ishlash mumkin bo‘lgan dasturlarni hozir oddiy smartfon bajarib qo‘ya oladi yoki 2007-yilda chiqqan birinchi iPhone bugungi kundagi arzon smartfonlardan ham sustroq.
Ko'proq ma'lumot olish uchun havola.
2.Metcalfe qonuni (Metcalfe's Law)
Metcalfe qonuni 1980-yillarda amerikalik muhandis va tadbirkor Robert Metcalfe tomonidan shakllantirilgan. Bu qonunga ko‘ra, tarmoqning qiymati foydalanuvchilar soni oshgani sayin kvadrat tarzida ortadi (n²). Ya’ni, 10 kishi ulanadigan tarmoq 100 ta aloqaga ega bo‘ladi. 100 kishi bo‘lsa, 10 000 ta aloqaga chiqadi. Har yangi foydalanuvchi qo‘shilganda, butun tarmoq qiymati ortadi.
Misol uchun, 2004-yilda ishga tushirilganda Facebook’da atigi bir necha ming talaba foydalanuvchi bor edi, qiymati juda cheklangan edi. 2012-yilda esa foydalanuvchilar soni 1 milliardga yetdi.
Ko'proq ma'lumot olish uchun havola.
3.Kuch qonuni (Power Law)
Power Law (Kuch qonuni)ning asoslari, XVII asrda italiyalik olim Vilfrido Pareto (Vilfredo Pareto, 1896) boylik taqsimotini o‘rganib, mashhur 80/20 qoidasini kashf qilinishiga to'g'ri keladi. Venchur kapital olamida “Power Law” atamasini keng ommalashtirganlardan biri esa - Peter Thiel (PayPal asoschisi). Kuch qonuni shuni anglatadiki, ko‘plab jarayonlarda natijalar teng taqsimlanmaydi, balki ozchilik juda katta ulushni egallaydi.
Misol uchun, Google, 2025-yilgi statistikasiga ko’ra, global qidiruv bozorining 79.1% ulushini egallagan. Bing, Yahoo va boshqalar esa qolgan ozgina bozor uchun kurashmoqda.
Ko'proq ma'lumot olish uchun havola.
Yakuniy xulosa: Har qanday innovatsion disruptsiyaning ortida uchta omil yotadi: Mur qonuni texnologiyani tezlashtiradi, Metcalfe qonuni tarmoqqa qiymat qo‘shadi, Power Law esa natijani ozchilik foydasiga keskin taqsimlaydi.
Muallif: Alisher Sa'dullayev Manba


