Ilya Strebulaev darslaridan xulosalar (2-qism): VENCHUR KAPITAL
O'qish uchun:2 daq.
Reytingi:5
27.10.2025

Ilya Strebulaev darslaridan xulosalar (2-qism): VENCHUR KAPITAL

-Qanday qilib bozorda yetakchi bo’lish mumkin?

Professor Ilya Strebulaevning bu savolga javobi shunday:

Venchur Kapital (Venture Capital) bilan qo‘llab-quvvatlangan kompaniyalar.

Ko‘plab VC (Venture Capital) mablag‘i olgan startaplar dunyo va moliya bozorlarini o‘zgartirib yubordi. Bugun bozor kapitallashuvi bo‘yicha AQShning eng yirik o‘nta kompaniyasidan yettitasining – NVIDIA, Microsoft, Apple, Amazon, Alphabet Inc. (Google), Meta (Facebook) va Tesla – tarixi bir xil ildizga borib taqaladi: ularning barchasi yoshlik davrida VCdan mablag‘ olgan. Birgalikda ular taxminan 18,6 trillion dollar bozor qiymatini tashkil qiladi, bu esa eng yirik 10 talikning umumiy kapitallashuvining 86 foizini qamrab oladi. Shuningdek, Netflix va Palantir kabi boshqa VC-mablag‘li kompaniyalar ham “top-10” ga kirish uchun kurashmoqda.

O‘ntalikka kirgan yagona VC bilan bog‘liq bo‘lmagan kompaniyalar – Broadcom va ikki moliyaviy firmalar: Berkshire Hathaway hamda JPMorganChase.

Bunday katta ulush nafaqat moliyaviy muvaffaqiyatni anglatadi, bu kompaniyalar bizning yashash, ishlash va bog‘lanish tarzimizni tubdan o‘zgartirdi, moliya bozorlariga ta’siridan ham ancha kengroq darajada. Professorning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, ushbu o‘zgarishlarning sababi AQSh venchur kapital industriyasi hisoblanadi.

Bu ustunlik AQSh VC ekotizimining yetakchiligini ko’rsatadi. 1970-yillarning oxirida ERISA islohotlari pensiya fondlariga VCga investitsiya kiritishga ruxsat bergach, sohada kuchli sur’at boshlandi.

Bugun boshqa hududlar ham o‘z VC bilan qo‘llab-quvvatlangan gigantlarini yaratmoqda – Xitoyning texnologiya kompaniyalaridan tortib, Yevropaning paydo bo‘layotgan “unicorn”lariga qadar – biroq AQSh startaplarni trillion dollarlik kompaniyalarga aylantirish uchun zarur infratuzilma va tajribani yaratishda bir necha o‘n yillik ustunlikka ega.

Ko'proq ma'mot uchun havola

Muallif: Alisher Sa'dullayev

Baholang: