BIZNES G‘OYALARNI SINAB KO‘RISH

BIZNES G‘OYALARNI SINAB KO‘RISH

Tezkor tajribalar uchun amaliy qo‘llanma Devid J. Bland va Aleksandr Ostervaldera

Слушать24 daqiqa

Biznes g‘oyalaringizni sinchkovlik bilan tahlil qiling

Aytaylik sizda yangi mahsulot uchun ajoyib g‘oya bor, lekin bu fikringiz o‘zini oqlashiga qanday ishonch hosil qilish mumkin? Ko‘plab tadbirkorlar o‘z mahsulotini bozorga tezroq olib chiqishga intilishadi, chunki “omad dovyuraklargagina kulib boqadi” deb hisoblashadi. Balki to’g’ridir, ammo omad doim ham jasurlarga emas, balki sinovlarda toblanganlarga ham kulib boqishi bor gap.

Bu galgi audio-xulosalarimiz aynan shu haqda. Porloq g‘oyalaringizni daromadli biznes loyihaga aylantirish uchun tajribadan qanday foydalanish mumkinligini o‘rganasiz. Rejalaringizning qanchalik, maqsadga muvofiqligi, hayotiyligi va amalga oshirilishi mumkinligini sinab ko‘rish orqali qimmatbaho vaqt va mablag‘larni tejashni o‘rganasiz. Ushbu audio-xulosa xavfni kamaytirishdan tortib ma’lumotlarni tahlil qilishgacha o’rgatib, biznesingizda avvalboshdan muvaffaqiyat qozonish mumkinligini ko‘rsatib beradi.

Ushbu audio-xulosa orqali

Nima uchun mijozlar bildirgan fikrlarga ishonmaslik kerakligi

Biznes reja qanday tuzilishi lozimligi;

Tajriba jarayonida nimalardan qochish zarurligini o’rganib olasiz.