SOAT TONGGI 5 KLUBI

SOAT TONGGI 5 KLUBI

Tongni boshqarishni o‘rganing va hayotingizni yaxshilang.

Listen24 daqiqa

Tongni boshqarishni o‘rganing va hayotingizni yaxshilang.

Keling, bir voqeani hikoya qilib bersam. O’tgan zamonlarda bir milliarder bo‘lgan ekan. Rivojlanishda eng oliy darajaga yetishib, professional sohalar va shaxsiy hayotida ulkan yutuqlarga erishgan.U shunday darajadagi insonga aylanganki, hayratlanmasdan ilojingiz yo‘q. U dunyoga ijobiy meros qoldiradigan odam edi. Xo‘sh, uning siri nimada? Balki u tug‘ma iqtidor egasidir? Yo‘q, uning tug’ma iqtidori bo’lmagan. Unda, muvaffaqiyatga faqat mehnat va qat’iyat bilan erishganmi? Yo‘q, bunday ham bo’lmagan. Ehtimol muvaffaqiyatga qanday erishganini sarlavhadan bilib olgandirsiz, milliarder o‘z muvaffaqiyatlariga oddiy, biroq inqilobiy tonggi tartibni joriy etish orqali erishdi. Har kuni soat tonggi 5:00 da uyg‘onardi. Uyg‘ongach esa, ruhiy holatini kuchaytirish, jismoniy chiniqish va har kuni o‘zining eng yaxshi versiyasini yaratishga yordamlashadigan, unchalik ham mashhur bo‘lmagan bir formulaga amal qilgan.

Siz ham uning tonggi tartibi qanday bo‘lganini bilishni istaysizmi? Albatta, aks holda bu yerda bo‘lmas edingiz. Men esa buni siz bilan bo‘lishish uchun shu yerdaman. Salom, men Zayniddin, Gutenberg nashriyot uyi jamoasidanman. Ushbu audio-xulosalarimiz davomida sizni Robin Sharmaning “Soat tonggi 5 klubi” asaridagi asosiy g‘oyalar bilan tanishtiraman. Shaxsan o‘zim tonggi soat 5:30 da turaman, lekin har doim ham emas. Yozda soat 5:30 da turaman. Qishda esa, bu vaqt taxminan soat 9:00 lar atrofida bo’ladi. Uyg’onishim quyoshning chiqishiga bog’liq, shunga o’rganganman. Bu tartibning jozibasini anglab yetganman va aynan shu sababli ham bugun sizga kitob haqida ma’lumot beraman. Demak, boshlaymiz.