Globalizatsiyaning kutilmagan nazariyasi.
Muallif: Franklin Foyer
Nima uchun aynan futbol boshqa barcha sport turlariga qarganda, dunyo bo’ylab milliardlab odamlarning yuraklarini zabt etgani haqida o’ylab ko’rganmisiz? Bu faqatgina musobaqa zavqi yoki muxlislar hayajoni emas. Futbol — bu bizning dunyomizda hukm surayotgan madaniy, iqtisodiy va siyosiy kuchlarning o‘zaro ta’sirini aks ettiruvchi oynadir.
Ushbu audio-xulosamiz orqali sizni dunyo bo‘ylab futbol stadionlari, tor ko‘chalar va shinam maydonlarga sayohatga olib chiqamiz. Biz Braziliyaning betartib mahallalaridan tortib, Yevropaning zamonaviy ko‘chalari, Eronning siyosiy tusga ega stadionlarigacha bo‘lgan jamiyatlar bilan tanishamiz. Bu global hodisa qanday qilib jamiyat sharoitlariga ta’sir qilayotganini va sport qanday o’zgarayotganini ko’rasiz. Etnik ziddiyatlardan tortib sinfiy kurashlar yoki globalizatsiyagacha bo‘lgan masalalarda — futbol eng dolzarb muammolarimizni o‘zgacha tarzda ko‘rsatib bera oladigan noyob nuqtai nazarni ilgari suradi.
Ovozlashtiruvchi Zayniddin Sherzod
