Yangi ishni boshlash oson. Yangi loyiha bo‘ladimi, sport rejasi yoki kitob o‘qishmi farqi yo‘q. Ammo uni yakunlashchi? Ana shunisi eng qiyin jarayon. Ko‘pchilik odamlar boshlanishda katta ishtiyoq bilan kirishadi, ammo ishlar oxiriga yetmasdan, yarim yo‘lda qolib ketadi. Atrof esa tugallanmagan maqsadlar bilan to‘lib-toshadi. Nega bu tez-tez ro‘y beradi? Ba’zan chalg‘ituvchi omillar, ba’zan omadsizlikdan qo‘rqish, ba’zan esa ortiqcha yukni biryo‘la bo‘yniga olish sabab bo’ladi. Ishni oxiriga yetkazish yolg’iz harakatgagina bog’liq emas. Ba’zan bu e’tiborni jamlash, oqilona qarorlar qabul qilish va qachon to‘xtash yoki davom ettirishni bilish demakdir.
Ushbu audio xulosada boshlagan ishingizni qanday qilib oxiriga yetkazishni o‘rganasiz. Agar dangasalikka moyil bo‘lsangiz yoki haddan tashqari katta mas’uliyat sizni ezib qo‘ygan bo‘lsa, biz o’rgatadigan strategiyalar orqali ko’proq vazifalarni oxiriga yetkazishni va kamroq chala qoldirishni o’rganasiz.
